DONALD TRAMP MA'MURIYATI TASHQI SIYOSATIDA YAQIN SHARQDA XAVFSIZLIK ARXITEKTURASINING QAYTA SHAKLLANISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ikkinchi muddati davomida Yaqin Sharq mintaqasida shakllangan yangi xavfsizlik arxitekturasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSh–Eron qarama-qarshiligi, G‘azo mojarosining post-konflikt boshqaruv mexanizmlari, Ibrohim kelishuvlarining kengayishi hamda Koʻrfaz arab davlatlari bilan xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Harbiy bosim va diplomatik kelishuvlarning mintaqaviy kuchlar muvozanatiga ta’siri, burden-sharing strategiyasining amaliy natijalari hamda yangi mintaqaviy tartibning shakllanish omillari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaqin Sharqda shakllanayotgan xavfsizlik tizimi harbiy ustunlik, iqtisodiy integratsiya va diplomatik institutlarning o‘zaro uyg‘unligiga asoslanmoqda. Biroq Falastin masalasining hal etilmaganligi, Eronning qayta tiklanish salohiyati hamda global va mintaqaviy aktorlar o‘rtasidagi strategik raqobat ushbu tizimning uzoq muddatli barqarorligini cheklovchi asosiy omillar bo‘lib qolmoqda.



