遇见数据集

TANA VAZNI INDEKSI VA FIB-4 INDEKSI ASOSIDA JIGAR FIBROZLANISHINI ERTA BAHOLASH: ADABIYOTLAR TAHLILI

收藏
Zenodo2026-02-06 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada 18 yoshdan katta bemorlarda tana vazni indeksi (BMI) va FIB-4 indeksi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalasi jigar fibrozlanishini erta, invaziv bo‘lmagan baholash nuqtayi nazaridan ilmiy adabiyotlar tahlili asosida yoritib beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha tana vazni va semizlik metabolik buzilishlar orqali jigar parenximasida fibrotik o‘zgarishlarning tezlashuviga olib keladi. FIB-4 indeksi esa oddiy laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan holda jigar fibrozlanish darajasini baholash imkonini beruvchi ishonchli skrining vositasi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Maqolada BMI oshishi bilan FIB-4 indeksining diagnostik ahamiyati, ularning o‘zaro korrelyatsiyasi hamda klinik amaliyotdagi prognozlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili natijalari BMI va FIB-4 indekslarining birgalikda qo‘llanilishi jigar fibrozini erta aniqlash va xavf guruhidagi bemorlarni tanlab olishda samarali yondashuv ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务