BOLALAR STOMATOLOGIYASIDA ICON TIZIMI: BOSHLANG'ICH KARIESNI BOR MASHINASIZ VA OG'RIQSIZ DAVOLASHNING KLINIK SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada pediatrik stomatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri — bolalarda tish davolashga nisbatan shakllanadigan dentofobiya va uning oqibatlarini bartaraf etishda zamonaviy minimal invaziv texnologiyalardan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Maqolada an'anaviy mexanik ishlov berish (bormashina yordamida parmalash) usuliga muqobil ravishda ishlab chiqilgan ICON (Infiltration Concept) karies infiltratsiyasi tizimining ilmiy-nazariy, biofizik asoslari va klinik samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 9 yoshli bemorda tish emalining boshlangʻich demineralizatsiyasi (oq dogʻ bosqichi) muammosini ICON tizimi yordamida ogʻriqsiz va mexanik parmalamasdan bartaraf etish boʻyicha aniq klinik holat (Case Study) batafsil yoritilgan. Davolash natijalari va uzoq muddatli monitoring tahlillari shuni koʻrsatadiki, polimer infiltratsiya texnologiyasi boshlangʻich karies rivojlanishini toʻxtatishda 90% dan yuqori samaradorlikka ega boʻlib, bolalarda shifokor bilan ijobiy hamkorlikni ta'minlaydi.



