遇见数据集

TILSHUNOSLIK VA VIRTUAL TA'LIM O'ZARO ALOQASI

收藏
Zenodo2026-01-29 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada elektron va virtual ta’lim sharoitida nutq madaniyati, til me’yorlariga rioya qilish va raqamli etiketning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli muhitda muloqot jarayoni to‘liq til vositasida amalga oshirilgani sababli, virtual platformalardagi yozma va og‘zaki nutqning me’yoriyligi, aniq va madaniyatli ifodalanganligi ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli etiket tamoyillari — hurmatl ohangida muloqot qilish, til me’yorlariga amal qilish, manba ko‘rsatish, ortiqcha grafik vositalardan cheklanib foydalanish — virtual ta’limning kommunikativ madaniyatini belgilaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, elektron ta’lim jarayonida nutq madaniyati va etik xulq-atvor to‘g‘ri shakllanganda, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida sog‘lom, samarali va madaniyatli kommunikativ muhit yuzaga keladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务