遇见数据集

XIV–XV ASRLARDA XORAZM SHAHARLARINING RIVOJLANISHI: ARXEOLOGIK VA NUMIZMATIK DALILLAR

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqotda XIV–XV asrlarda Xorazmning o‘ng qirg‘oq hududlarida shahar hayotining rivojlanish jarayonlari arxeologik va numizmatik manbalar asosida tahlil qilinadi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda shahar markazlarining faoliyati, pul muomalasi, hunarmandchilik va savdo aloqalarining rivojlanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Mizdahqon, Janpiqqal’a, Kat, Abu Muslimqal’a, Shemaxaqal’a, Shohsanam va boshqa yodgorliklardan aniqlangan arxeologik materiallar o‘ng qirg‘oq Xorazm hududlarida shahar va hunarmandchilik an’analarining davom etganini ko‘rsatadi. Numizmatik ma’lumotlar esa Xorazmning XIV asrdagi pul muomalasi va iqtisodiy aloqalarini yoritishda muhim manba vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari o‘ng qirg‘oq Xorazm shaharlarining mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda to‘liq yo‘qolib ketmaganini, balki o‘zgarib borayotgan siyosiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashgan holda faoliyatini davom ettirganini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务