IJTIMOIY ISH XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIDA "SOFT SKILLS"NING O'RNI VA AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy faoliyatida “Soft skills” — yumshoq ko‘nikmalarning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Globallashuv va jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning murakkablashuvi sharoitida ijtimoiy ish xodimlaridan nafaqat kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar, balki rivojlangan kommunikativ, emosional va ijtimoiy kompetensiyalar ham talab etilmoqda. Maqolada ijtimoiy ish amaliyotida samarali muloqot, empatiya, muammolarni hal etish, stressga chidamlilik kabi yumshoq ko‘nikmalarning mijozlar bilan ishonchli munosabat o‘rnatishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida “Soft skills”ni rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaviy yondashuvning zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy barqarorligini ta’minlashda yumshoq ko‘nikmalar muhim omil ekanini ko‘rsatadi.



