HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILINING USLUBIY XUSUSIYATLARI VA ISH YURITISHDAGI AHAMIYATI
收藏DataCite Commons2026-05-02 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.19976203
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu tadqiqot ishi hozirgi o‘zbek adabiy tilining funksional uslublari tizimida rasmiy-ish yuritish uslubining tutgan o‘rni, uning o‘ziga xos lingvistik tabiatini hamda amaliy ish yuritish jarayonidagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Adabiy til me’yorlarining barqarorlashuvi va nutq madaniyatining yuksaltirilishi bevosita rasmiy hujjatlar tilining aniqligi hamda mantiqiy izchilligiga tayanadi. Tadqiqotda rasmiy-ish uslubining boshqa uslublardan ajratib turuvchi asosiy belgilari, xususan, leksik qatlamdagi kantselyarizmlar, maxsus terminlar va standartlashgan nutq qoliplarining qo‘llanilish qonuniyatlari atroflicha tahlil qilingan.
Ishda rasmiy-ish yuritish uslubining grammatik va sintaktik xususiyatlari, hujjatlar matnini tuzishda emotsional-bo‘yoqdor so‘zlarning cheklanishi hamda fikrning qat’iy me’yorlar asosida bayon qilinishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, davlat tilida ish yuritishning huquqiy-me’yoriy asoslari, korporativ muloqot va idoralararo yozishmalarda adabiy til me’yorlariga rioya qilishning ahamiyati asoslab berilgan.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-02



