THE EFFECTIVENESS OF A DIFFERENTIATED APPROACH BASED ON LEARNING STYLES IN TEACHING ENGLISH
收藏资源简介:
Mazkur maqola ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarning individual o‘rganish uslublariga asoslangan differensial yondashuvning ahamiyati va samaradorligini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda har bir o‘quvchining o‘ziga xos qabul qilish, anglash va o‘zlashtirish uslubi mavjudligi hisobga olinib, ta’lim jarayonini ana shu farqlarga nisbatan mutanosib moslashtirish zarurligi ifodalab beriladi.Har bir metod va yondashuv barcha o‘quvchilar uchun birdek samarali bo‘lavermaydi. Tadqiqot davomida ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish orqali o‘quvchilarning bilim olish darajasini oshirish, ularning ichki motivatsiyasini kuchaytirish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari keng yoritiladi. Shuningdek, differensial yondashuv yordamida o‘qituvchi darsni yanada qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etishi, har bir o‘quvchining ehtiyoj va qobiliyatlarini inobatga olgan holda individual rivojlanishiga sharoit yaratishi mumkinligi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot ko’p tarmoqli (interdissiplinar )ahamiyatga ega bo’lib ,pedagogika ,psixologiya va lingvistika sohalarini o’zaro bog’laydi va ushbu yo’nalishlar uchun amaliy resurs bo’lib xizmat qiladi.



