FAKTCHEKING TEXNOLOGIYALARI: ZAMONAVIY JURNALISTIKADA HAQIQATNI TEKSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy jurnalistikada faktcheking texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida faktcheking tushunchasining shakllanishi, uning ilmiy-metodologik tamoyillari, raqamli media muhitidagi ahamiyati hamda yolg‘on axborotlarga qarshi kurashdagi roli o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi verifikatsiya tizimlari, multimedia faktcheking usullari va xalqaro tajribalar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Maqolada O‘zbekiston media makonida faktcheking tizimining bugungi holati, mavjud muammolar hamda rivojlanish istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot natijasida media savodxonlikni oshirish, jurnalistlarning raqamli kompetensiyasini kuchaytirish va mustaqil faktcheking platformalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



