遇见数据集

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI STATISTIK BAHOLASH: NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Namangan viloyatida kichik biznes subyektlari faoliyati samaradorligini statistik baholashning nazariy va metodik jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kichik biznes faoliyatini faqat korxonalar soni yoki ishlab chiqarish hajmining o‘sishi orqali emas, balki resurslardan foydalanish, iqtisodiy natijadorlik, hududiy zichlik, tarmoq tarkibi, moliyaviy barqarorlik va bozor faolligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompleks baholash metodikasini taklif etishdan iborat. Tadqiqotda 2020–2024-yillarda Namangan viloyatida kichik tadbirkorlikning rivojlanish holati rasmiy statistika ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqilgan. Dinamik qatorlar, mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar, tarkibiy tahlil, taqqoslash, indeks va koeffitsiyent usullaridan foydalanilgan. Natijalar 2020–2022-yillarda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining sezilarli ko‘payganini, 2023–2024-yillarda esa mazkur ko‘rsatkichning pasayganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kichik tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Tadqiqot yakunida kichik biznes samaradorligini baholash uchun iqtisodiy, moliyaviy, mehnat, investitsion va hududiy ko‘rsatkichlarni integratsiyalashgan holda qo‘llash taklif etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务