MIJOZLAR SEGMENTATSIYASINING IQTISODIY MOHIYATI, MAZMUNI VA MARKETING TIZIMIDAGI STRATEGIK O'RNI (O'ZBEKISTON SHAROITIDA)
收藏资源简介:
Mazkur maqolada mijozlar segmentatsiyasining iqtisodiy mohiyati, uning marketing tizimidagi strategik ahamiyati hamda korxonalar faoliyatidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilar ehtiyojlarining xilma-xilligi va raqobatning kuchayishi korxonalardan marketing faoliyatini samarali tashkil etishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan mijozlar segmentatsiyasi korxonalarning bozorni chuqur o‘rganishi, maqsadli iste’molchilar guruhini aniqlashi va ular uchun mos marketing strategiyalarini ishlab chiqishida muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda segmentatsiyaning nazariy asoslari, tamoyillari, usullari hamda zamonaviy iqtisodiyotdagi roli batafsil yoritilgan. Maqolada, shuningdek, segmentatsiyaning korxona rentabelligi, raqobatbardoshligi va marketing samaradorligini oshirishdagi o‘rni keng tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari mijozlar segmentatsiyasining korxona faoliyatida uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.



