ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA KATTA HAJMDAGI MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi natijasida ma’lumotlar oqimi keskin ortib bormoqda. Ushbu ma’lumotlarni samarali qayta ishlash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada Big Data, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlarni filtrlash va tahlil qilish algoritmlarining ishlab chiqarishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan.



