遇见数据集

Tarixiy-etnografik materiallar asosida bo'lajak o'qituvchilarda etnopedagogik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari

收藏
Zenodo2026-03-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada tarixiy-etnografik materiallar (xalq og‘zaki ijodi, yozma manbalar, urf-odat va marosimlar, mahalliy tarix hamda “tirik meros” elementlari) asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda etnopedagogik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tizimi konseptual asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi – oliy ta’limda “Xalq pedagogikasi” va turdosh fanlar mazmuniga tarixiy-etnografik resurslarni fazaviy (kognitiv–tayyorlov–integrativ–yakuniy) yondashuv asosida integratsiyalash orqali motivatsion-qadriyatli, kognitiv-me’yoriy, faoliyatli-operatsion va refleksiv-baholovchi mexanizmlarning ishlash mantiqini ta’riflash, ularni lokal-modulli texnologiya hamda diagnostik qayta aloqa (feedback) bilan boshqarish yo‘llarini ko‘rsatishdir. Metodlar: adabiyotlar tahlili, pedagogik modellashtirish, so‘rovnoma va testlar, amaliy kuzatuv, matematik-statistik tahlil. Natijalar pedagogik mexanizmlarni modul, metod va baholash indikatorlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi hamda tajriba-sinov natijalari asosida o‘sish dinamikasini izohlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务