TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI MONITORINGINING AHAMIYATI VA NAZARIY JIHATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilishning nazariy asoslari, uning iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashdagi roli va global hamda milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati keng tahlil qilinadi. Xususan, monitoring tizimining tarkibiy elementlari, asosiy funksiyalari va indikatorlari, jahon miqyosidagi savdo tendensiyalari hamda O'zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillardagi tashqi savdo ko'rsatkichlari asosida monitoringning samaradorligi baholanadi. Maqolada global inqiroz va raqamli transformatsiya sharoitida tashqi savdo monitoringini takomillashtirish yo'llari, sun'iy intellekt va Big Data texnologiyalarini qo'llash imkoniyatlari hamda xalqaro tajribadan foydalanish masalalari ham muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari asosida tizimni rivojlantirish va unumdorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.



