RADIODISKURSDA LINGVISTIK IQTISOD VA KOMMUNIKATIV SAMARADORLIKNING O'ZARO MUNOSABATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada radiodiskursda lingvistik iqtisod tamoyillarining kommunikativ samaradorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Radio nutqi tabiatan tezkor, auditoriyaga yo‘naltirilgan va vaqt bilan cheklangan kommunikativ tizim hisoblanadi. Shu sababli radioefirda axborotni qisqa, aniq va ta’sirchan shaklda yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda radiodiskursdagi ellipsis, sintaktik qisqarish, repetitsiya, intonatsion vositalar va pragmatik implikatsiya kabi hodisalarning kommunikativ samaradorlikka ta’siri ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Shuningdek, radio jurnalistikada iqtisodiy til vositalari orqali tinglovchi e’tiborini saqlab qolish, axborotni tez idrok ettirish hamda muloqotning funksional samaradorligini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari radiodiskursda lingvistik iqtisod tamoyillari kommunikativ yuklamani kamaytirgan holda axborotning semantik aniqligini saqlab qolishini ko‘rsatadi.



