遇见数据集

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI OILALARIDA KOMMUNIKATIV MADANIYAT VA TOLERANTLIKNING O'ZARO BOG'LIQLIGI

收藏
Zenodo2026-08-15 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlari oilalarida kommunikativ madaniyat va tolerantlikning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy hamda ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Oiladagi muloqot sifati, o‘zaro hurmat, empatiya, bag‘rikenglik va nizolarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalarining xodimning kasbiy faoliyati hamda psixologik barqarorligiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqotda kommunikativ madaniyatning asosiy tarkibiy qismlari, tolerantlikning shaxslararo munosabatlardagi ahamiyati hamda ularning oilaviy muhitdagi namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari oilalarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, oilaviy muloqotni takomillashtirish va nizolarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kommunikativ madaniyat va tolerantlik o‘rtasida ijobiy statistik hamda psixologik bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Oilada ochiq muloqot, o‘zaro ishonch va bag‘rikenglik darajasining ortishi xodimlarning kasbiy samaradorligi, emotsional barqarorligi va oilaviy farovonligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-15
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务