遇见数据集

NITROFURAN HOSILALARI ASOSIDAGI ANTIMIKROB BIRIKMALARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI O'RGANISH

收藏
Zenodo2026-07-26 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada nitrofuran hosilalari asosidagi yangi antimikrob birikmalarning sintezi, identifikatsiyasi va biologik faolligini o'rganish natijalari keltirilgan. Mikroorganizmlarning mavjud antibiotiklarga nisbatan rezistentligining ortib borishi yangi va samarali antimikrob vositalarni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot davomida nitrofuran yadrosi asosida bir qator yangi birikmalar sintez qilinib, ularning kimyoviy tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar, jumladan infraqizil (IR) spektroskopiya, yadro magnit rezonansi (^1H va ^13C NMR) hamda mass-spektrometriya yordamida identifikatsiya qilindi. Sintez qilingan birikmalarning antimikrob faolligi Gram-musbat va Gram-manfiy bakteriyalar hamda ayrim mikroskopik zamburug'larga nisbatan in vitro sharoitda baholandi. Olingan natijalar ayrim yangi nitrofuran hosilalarining yugori antimikrob faollikka ega ekanligini va istiqbolli dori moddalari sifatida qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatdi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, farmakologik ma’lumotnomalar va mikrobiologik tadqiqotlar natijalari asosida nitrofuran preparatlarining samaradorligi baholandi. Olingan natijalar nitrofuran hosilalari zamonaviy antimikrob terapiyada muhim o‘rin egallashini va antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarga qarshi kurashishda istiqbolli vositalardan biri ekanligini ko‘rsatdi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务