VOLFRAM VA QALAY TARKIBLI RUDALARDAN SKANDIYNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINING TAHLILINI ASOSLASH.
收藏资源简介:
ushbu maqolada volfram chiqindisi hamda volfram shlaki tarkibidagi Scni ajratib olishning texnologik sxemalari taqdim qilindi va birinchi texnologik sxemadan ma’lumki tarkibida volfram bo‘lgan materiallardan skandiyni ajratib olish uchun katta sa’y-harakatlar qilindi. Qoldiq tarkibida skandiy asosan Sc (OH) 3 ko‘rinishida bo‘lganligi sababli, uni H2SO4, HCl va HNO3 kabi kislotalar bilan tanlab eritish orqali eruvchan tuzlarga aylantirish mumkin. Barqaror Sc-Cl komplekslari hosil bo‘lishi tufayli HCl skandiyni tanlab eritmaga o‘tkazishi mumkin [4]. Volframit qoldiqlaridan skandiyni quyidagi rasmda keltirilgan 11 blok-sxemaga muvofiq ajratib olish mumkin, bu sxemaga HCl bilan tanlab eritish va P204 SX ham kiradi.Skandiyni eritish uchun 100 OC da HCl ishlatiladi bunda konsentratsiya 95,3%. Ikkinchi texnologik sxemadan ma’lumki Shovul kislotasi (C2H2O4) orqali cho‘ktirish va Sc2 (C2O4) 3 cho‘kmaga termik ishlov berish natijasida Sc2O3 mahsulotning tozaligi 90% dan yuqori va ajratib olish darajasi 82% bo‘lishiga erishildi. Volfram va qalay rudalarini qayta ishlashda hosil bo‘ladigan skandiyga boy chiqindilar metallning muhim manbalari sifatida qaralishi mumkin



