10–11-SINF O'QUVCHILARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHGA MO'LJALLANGAN ELEKTRON KURSNI YARATISH TEXNOLOGIYASI
收藏资源简介:
Maqolada fanlararo aloqadorlik asosida 10–11-sinf o‘quvchilarida masalalar yechish orqali tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda dasturiy ta’minotdan foydalanishning pedagogik modeli yoritilgan. Tadqiqotda fanlararo masalalarning didaktik imkoniyatlari, ularning kompetensiyaviy ta’limni tashkil etishdagi o‘rni hamda raqamli ta’lim muhitida qo‘llash mexanizmlari tahlil qilingan. O‘quvchilarning fanlararo bilimlarni egallashi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashi, mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishda masalalar yechishning ahamiyati ilmiy asoslangan. Shuningdek, pedagogik dasturiy vositani yaratish bosqichlari, uning tarkibiy tuzilishi, Moodle, Zoom hamda zamonaviy dasturlash texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan elektron ta’lim resurslarining imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot fanlararo topshiriqlarni samarali tashkil etish, o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish, mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quv natijalarini monitoring qilish hamda kasbiy yo‘nalishini aniqlashda yuqori pedagogik samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Taklif etilgan pedagogik model umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlararo integratsiyani rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



