遇见数据集

LEKSIKOLOGIYANI O'QITISHNING MAQSADI, VAZIFALARI, TAMOYILLARI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada leksikologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi, vazifalari hamda tamoyillari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Unda o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish, til birliklarining mazmun-mohiyatini anglash, nutq madaniyatini rivojlantirish kabi ustuvor maqsadlar yoritilgan. Shuningdek, leksikologiyani o‘qitish jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar — lug‘aviy birliklarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish, so‘zlarning ma’no nozikliklarini farqlash, faol va passiv lug‘atni kengaytirish masalalari tahlil etilgan. Maqolada tizimlilik, izchillik, ongli o‘zlashtirish, kommunikativlik va amaliy yo‘naltirilganlik kabi muhim didaktik tamoyillarning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari leksikologiyani samarali o‘qitish orqali o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务