FARG'ONA VILOYATIDA EKOLOGIK OMILLARNING QARISH JARAYONIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati sharoitida yashash muhitining asosiy komponentlari — atmosfera havosi, ichimlik suvi va tuproqning gigiyenik holati inson organizmida qarish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda ekologik omillarning qarish mexanizmlariga ta’siri (oksidlovchi stress, surunkali yallig‘lanish, metabolik buzilishlar, yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari kuchayishi) yoritildi. Shuningdek, hududiy xususiyatlar nuqtayi nazaridan shahar va qishloq muhitida ustuvor xavf omillari farqlanishi asoslandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shahar hududlarida atmosfera havosining ifloslanishi va shovqin darajasi, qishloq hududlarida esa ichimlik suvi sifati keksalar salomatligi va erta qarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning pestitsidlar va agroximikatlar bilan ifloslanishi oziq-ovqat zanjiri orqali organizmga kirib, surunkali intoksikatsiya va endokrin-metabolik buzilishlar orqali qarish tezligini oshirishi mumkin. Olingan xulosalar faol uzoq umrni ta’minlash bo‘yicha hududiy profilaktik dasturlarni ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.



