TILSHUNOSLIKDA KLIMAKS VA ANTIKLIMAKS HAQIDAGI NAZARIY QARASHLAR
收藏资源简介:
Mazkur tezisda tilshunoslikda klimaks va antiklimaks hodisalariga oid nazariy qarashlar tahlil qilinadi. Klimaks nutq birliklarining semantik, mantiqiy va emotsional jihatdan bosqichma-bosqich kuchayib borishini ifodalovchi stilistik figura sifatida o‘rganiladi, antiklimaks esa aksincha, fikrning pasayib borishi orqali nutqning stilistik ta’sirchanligini ta’minlovchi vosita sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda klimaks va antiklimaksning stilistik, pragmatik hamda diskursiv xususiyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Ishda klimaks va antiklimaks hodisalari qadimgi ritorika nazariyalaridan boshlab zamonaviy tilshunoslikgacha bo‘lgan ilmiy qarashlar asosida o‘rganiladi. Jumladan, ushbu stilistik vositalar haqida Aristotle, Quintilian, I. R. Galperin, Irina Arnold hamda David Crystal kabi olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, klimaks va antiklimaksning nutqning ta’sirchanligini oshirishdagi roli hamda ularning badiiy, publitsistik va ilmiy matnlardagi qo‘llanish xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqotda klimaks va antiklimaksning mantiqiy, emotsional, sintaktik va diskursiv turlari misollar asosida yoritilib, ularning nutqdagi funksional imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, ushbu stilistik vositalarning kommunikativ maqsadga xizmat qilishi, nutqning dramatikligini oshirishi hamda tinglovchiga ta’sir o‘tkazishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot natijalari stilistika, pragmalingvistika, diskurs tahlili va nutq madaniyati yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.



