遇见数据集

BOLALAR BRONXIAL ASTMASIGA TIBBIY YORDAM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA USULLARINI BIRLAMCHI BO'G'INGA TATBIQ ETISH

收藏
Zenodo2026-04-26 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bronxial astma bolalar orasida eng keng tarqalgan surunkali noinfeksion kasallik hisoblanadi. Kasallikni erta va aniq tashxislash uni samarali nazorat qilish, asoratlarning oldini olish va bolaning hayot sifatini yaxshilashning asosiy shartidir. Amaliyotda, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘g‘inida (oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari) bronxial astmani tashxislashda bir qator qiyinchiliklar mavjud. Ko‘pincha tashxis faqatgina klinik belgilar va anamnezga asoslanib qo‘yiladi, bu esa giperdiagnostika (boshqa kasalliklarni astma deb xato baholash) yoki gipodiagnostika (astmani o‘z vaqtida aniqlay olmaslik) holatlariga olib keladi. Zamonaviy obyektiv tekshiruv usullari, xususan, spirometriya va pikfloumetriya, tashxisni tasdiqlash, nafas yo‘llari obstruksiyasi darajasini baholash va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun "oltin standart" hisoblanadi. Biroq, bu usullarning birlamchi bo‘g‘inda yetarlicha tatbiq etilmagani bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, zamonaviy diagnostika usullarini birlamchi bo‘g‘in amaliyotiga integratsiya qilish va uning samaradorligini baholash bugungi kun pediatriyasi va oilaviy tibbiyotining dolzarb vazifalaridan biridir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务