遇见数据集

CHOG'ISHTIRILAYOTGAN TILLAR RAQAMLI DISKURS TARJIMASIDA GENDER VA IJTIMOIY OMILLAR MASALALARI

收藏
Zenodo2026-03-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida insonlar o‘rtasidagi kommunikatsiya shakllari tubdan o‘zgarib bormoqda. Internet va raqamli platformalar asosida shakllanayotgan muloqot jarayonlari tilshunoslikda yangi tadqiqot yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xususan, raqamli diskursni tahlil qilish va uni turli tillarga tarjima qilish jarayonlari zamonaviy lingvistikaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Raqamli diskurs tarjimasida nafaqat lingvistik birliklarning ekvivalentligi, balki matnning pragmatik, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Mazkur maqolada chog‘ishtirilayotgan tillar misolida raqamli diskurs tarjimasida gender va ijtimoiy omillarning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida internet kommunikatsiyasida uchraydigan lisoniy birliklar, sleng elementlari, emotsional-ekspressiv ifodalar hamda madaniy kodlarning tarjima jarayonidagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, erkaklar va ayollar nutqiga xos kommunikativ strategiyalar, ularning raqamli muhitda namoyon bo‘lishi va tarjimada aks ettirilishi masalalari ilmiy jihatdan yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli diskurs tarjimasida gender va ijtimoiy omillarni hisobga olish matnning kommunikativ ta’siri va pragmatik mazmunini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada keltirilgan ilmiy xulosalar raqamli lingvistika, diskurs tahlili hamda tarjimashunoslik sohalarining rivojlanishiga muayyan hissa qo‘shadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务