OʻZBEK XALQ DOSTONLARIDA DINIY-AXLOQIY QADRIYATLARNING BADIIY TALQINI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada oʻzbek xalq dostonlarida diniy-axloqiy qadriyatlarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Xalq ogʻzaki ijodining yirik janri boʻlgan dostonlarda insonparvarlik, halollik, adolat, sabr-toqat, mehr-oqibat, saxovat, ota-onaga hurmat, va'daga sadoqat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, "Alpomish", "Goʻroʻgʻli", "Kuntugʻmish", "Ravshan" singari dostonlar misolida qahramonlar xarakteri orqali diniy-axloqiy qadriyatlarning shakllanishi va ularning xalq ma'naviyati rivojidagi oʻrni tahlil etiladi. Maqolada xalq dostonlarining yosh avlodni ma'naviy barkamollik, vatanparvarlik va ezgulikka yoʻnaltirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari ham ochib beriladi. Tadqiqot natijalari xalq dostonlarida aks etgan diniy-axloqiy qarashlar bugungi kunda ham oʻzining ilmiy va amaliy ahamiyatini saqlab qolayotganini koʻrsatadi. Ushbu merosni chuqur oʻrganish milliy oʻzlikni anglash, ma'naviy qadriyatlarni asrash va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.



