DARAK, SOF SO'ROQ VA RITORIK SO'ROQ GAPLAR ORQALI YUZAGA CHIQUVCHI PRESUPPOZITSIYALAR (A. QAHHOR, O. GENRI VA ISAJON SULTON ASARLARI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Kirish. Struktural presuppozitsiya - bu gapning sintaktik qurilishi orqali yuzaga keladigan presuppozitsiya turidir [Levinson, 1983]. Darak gaplar odatda faktiv yoki ekzistensial presuppozitsiyani, sof so'roq gaplar ma'lum bir javobning mavjudligini presuppozitsiya qiladi; ritorik so'roq gaplar esa javobning allaqachon ma'lum ekanligini nazarda tutadi, ya'ni ular ayni paytda ham so'roq, ham darak vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ayiruv (cleft) konstruksiyalari va bilvosita so'roq gaplar ham struktural presuppozitsiyaning muhim manbalaridan hisoblanadi: masalan, "It was X who did Y" turidagi ayiruv gap Y voqeasining sodir bo'lganligini presuppozitsiya qilib, faqat uning bajaruvchisi (X) haqida yangi axborot beradi. Ushbu maqolada ana shu struktural mexanizmlarning uchta ko'rinishi - darak, sof so'roq va ritorik so'roq gaplar - konkret badiiy misollar asosida tahlil qilinadi.



