INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI TABIAT VA ARTEFAKTLAR SOHASI METAFORALARINING TARMOQ VA FREYM XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillari materialida tabiat (suv, olov, tog‘, daraxt, shamol) hamda artefaktlar sohasi metaforalari freym semantikasi va kognitiv modellashtirish nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi mavhum tushunchalarning tabiiy elementlar yordamida qanday konseptuallashishini slot, terminal va filler birliklari orqali ochib berishdir. Maqolada suvning xotira va nutq, olovning ehtiros, tog‘ning mas’uliyat hamda daraxtning an’ana va o‘sish freymlarini shakllantirishdagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda umumiy kognitiv poydevor mavjud bo‘lsa-da, o‘zbek tilida tabiat metaforalari ko‘proq ma’naviy-axloqiy qadriyatlar (sabr, baraka, avlod), ingliz tilida esa ijtimoiy-institutsional jarayonlar (islohot, munozara, kollektiv energiya) bilan bog‘lanadi. Tadqiqot natijalari kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va qiyosiy semantika sohalari uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.



