KO'P TILLILIK (MULTILINGUALISM) VA INGLIZ TILI O'RGANISH O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: O'ZBEKISTON KONTEKSTIDA
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-lingvistik muhitida ko‘p tillilik (multilingualism) fenomenining ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri va tillararo bog‘liqlik qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek va rus tillarini (ba’zi o‘rinlarda tojik tilini) faol qo‘llaydigan ko‘p tilli o‘rganuvchilarning uchinchi yoki to‘rtinchi til (L3/L4) sifatida ingliz tilini o‘zlashtirishdagi metalingvistik afzalliklari va kognitiv moslashuvchanligi o‘rganilgan. Shu bilan birga, maqolada tillararo salbiy interfensiya (til chalkashishi) va "soxta do‘stlar" muammosi O‘zbekiston oliy ta’lim kontekstida tahlil qilinib, ko‘p tilli auditoriyalarda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan qiyosiy-tipologik (contrastive analysis) hamda translingvallashtirish (translanguaging) metodik tavsiyalari taklif etilgan.



