遇见数据集

SEMIRISH VA METABOLIK SINDROMDA KISLOTALANISHGA MOYILLIK MONOTSITLARNING YALLIG'LANISH XOTIRASI VA TOMIR ZARARLANISHI

收藏
Zenodo2026-04-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Metabolik sindrom va semirish dunyo bo‘ylab kardiovaskulyar kasallanish va o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu holatlarda kuzatiladigan surunkali past darajali yallig‘lanish ateroskleroz rivojlanishining markaziy patofiziologik mexanizmi sifatida tan olingan. So‘nggi o‘n yillikda olib borilgan tadqiqotlar immun tizimining tug‘ma bo‘g‘inida ilgari faqat adaptiv immunitetga xos deb hisoblangan xotira fenomeni mavjudligini isbotladi. "Tayyorlangan immunitet" (trained immunity) deb ataluvchi bu hodisa monotsitlar va makrofaglarning qisqa muddatli stimulyatsiyadan so‘ng uzoq muddatli funksional, epigenetik va metabolik qayta dasturlashga uchrashini anglatadi [1]. Metabolik sindrom va semirishda yuqori glyukoza, erkin yog‘ kislotalari, oksidlangan past zichlikdagi lipoproteinlar va boshqa endogen ligandlar ta’sirida monotsitlarda kislotalanishga moyillik (asidoz) va yallig‘lanish xotirasi shakllanadi [2]. Ushbu jarayonda glyukolizning kuchayishi, trikarbon kislota sikli metabolitlarining (sukkizinat, fumarat) to‘planishi va mitoxondrial disfunksiya muhim rol o‘ynaydi [3]. Monotsitlarning epigeneetik qayta dasturlashuvi natijasida hosil bo‘lgan yallig‘lanish xotirasi tomir endoteliyasining disfunksiyasiga, aterosklerotik blyashka shakllanishiga va uning beqarorlashuviga olib keladi [4]. Ushbu sharhli maqolada semirish va metabolik sindromda monotsitlarning kislotalanishga moyilligi va yallig‘lanish xotirasi mexanizmlari, ularning tomir devoriga ta’siri va potensial terapevtik yo‘nalishlar batafsil yoritilgan. Maqola so‘nggi o‘n yillikda dunyoning yetakchi ilmiy bazalarida chop etilgan 40 dan ortiq tadqiqot natijalariga asoslangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务