ZAMONAVIY LOGOPEDIYADA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
收藏资源简介:
Maqolada zamonaviy logopediyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan nutqida nuqsoni bor bolalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish muammolari atroflicha tahlil qilinadi. An'anaviy logopedik yondashuvlarning faqat nutq texnikasini (tovush talaffuzi va grammatik qurilishni) tiklashga yo‘naltirilgani bugungi kunda bolaning jamiyatga to‘liq ijtimoiylashuvini ta'minlashda yetarsiz ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqotda nutqiy buzilishga ega bolalarda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning innovatsion usullari, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda shaxsga yo‘naltirilgan va neyropsixologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan. Muallif interaktiv muloqot muhitini yaratish va ota-onalar bilan integratsiyalashgan logopedik ishni tashkil etish modelini taklif etadi. Maqola natijalari amaliyotchi logopedlar, defektologlar hamda maxsus ta'lim sohasi mutaxassislari uchun amaliy va nazariy qimmatga ega.



