遇见数据集

ICHKI VA TASHQI MIGRATSIYA JARAYONLARINING KRIMINOGEN VAZIYATGA TA'SIRI: TIZIMLI TAHLIL VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

收藏
Zenodo2026-08-05 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining kriminogen vaziyatga ta'siri zamonaviy kriminologik yondashuvlar asosida tizimli tahlil qilinadi. Aholining hududiy harakatchanligi iqtisodiy, ijtimoiy va demografik rivojlanishning muhim omillaridan biri bo‘lishiga qaramay, migratsiya jarayonlari ayrim sharoitlarda jinoyatchilikning o‘zgarishi, ijtimoiy moslashuv muammolari, noqonuniy mehnat bozori shakllanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va odam savdosi kabi salbiy hodisalarning kuchayishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy, statistik va kontent-tahlil metodlari qo‘llanilib, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida migratsiya siyosatining rivojlanishi va uning kriminologik xavfsizlikni ta'minlashdagi o‘rni baholandi. Tadqiqot natijasida migratsiya va jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik bevosita emasligi, balki ijtimoiy-iqtisodiy omillar, bandlik darajasi, urbanizatsiya, huquqiy nazorat hamda migrantlarning integratsiyalashuv darajasi orqali shakllanishi ilmiy asoslandi. Muallif tomonidan migratsiya xavflarini prognozlash, raqamli monitoringni kuchaytirish, profilaktika tizimini takomillashtirish va davlat organlari o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务