TA'LIM TIZIMIDA BILIM VA KO'NIKMALAR INTEGRATSIYASI: NAZARIYA VA AMALIYOT
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ta’lim tizimida bilim va ko‘nikmalar integratsiyasining nazariy asoslari, pedagogik ahamiyati hamda amaliy qo‘llash mexanizmlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchiga faqat nazariy bilim berish yetarli bo‘lmay, uni egallangan bilimlarni real hayotiy va kasbiy vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatish muhim vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bilim, amaliy ko‘nikma, kompetensiya, mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatlarini bir butun tizim sifatida shakllantirish zarurati kuchaymoqda. Maqolada integrativ ta’limning mohiyati, fanlararo bog‘liqlik, kompetensiyaviy yondashuv, loyiha va muammoli ta’lim metodlarining o‘rni yoritiladi. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishning ta’lim sifati, kasbiy tayyorgarlik va o‘quvchilarning mustaqil faoliyatiga ta’siri ochib beriladi. Tahlil natijasida bilim va ko‘nikmalar integratsiyasi ta’limning mazmuni, metodlari va natijalarini o‘zaro bog‘lovchi muhim pedagogik mexanizm ekanligi asoslanadi.



