KICHIK VA O'RTA BIZNES (KOB)DA AYLANMA KAPITALNI BOSHQARISHNING SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznes subyektlarida aylanma kapitalni boshqarish samaradorligi masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2020–2024-yillar davomida kichik biznesning YAIMdagi ulushi, moliyaviy barqarorligi va likvidlik ko‘rsatkichlari asosida aylanma kapitalni boshqarish mexanizmlarining holati o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, aylanma kapitalni samarali boshqarish korxonalarning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va rentabelligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, kredit resurslariga cheklangan kirish, debitorlik qarzlarining ortishi va zaxiralarni noto‘g‘ri boshqarish samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish va davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish orqali KOB subyektlarida aylanma kapitalni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.



