遇见数据集

ALKOGOLIZMDA JIGAR, YURAK-QON TOMIR VA ASAB TIZIMI ZARARLANISHLARI

收藏
Zenodo2026-09-28 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada uzoq muddatli va zararli alkogol iste’molining jigar, yurak-qon tomir hamda asab tizimiga ko‘p yo‘nalishli toksik ta’siri zamonaviy klinik va patofiziologik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Etanol va uning asosiy metaboliti atsetaldegidning oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya, yallig‘lanish, lipid almashinuvining buzilishi va vitamin tanqisligi orqali organ shikastlanishini kuchaytirishi ko‘rsatildi. Alkogol bilan bog‘liq jigar kasalligi steatozdan steatogepatit, fibroz va sirrozgacha bo‘lgan spektrni qamrab oladi; yurak-qon tomir tizimida arterial gipertenziya, ritm buzilishlari va alkogol-induksiyalangan dilatatsion kardiomiopatiya rivojlanishi mumkin; asab tizimida esa polinevropatiya, kognitiv pasayish va Wernicke–Korsakoff sindromi klinik ahamiyat kasb etadi. Erta skrining, laborator-instrumental baholash, alkogol iste’molini to‘xtatish, ovqatlanish holatini korreksiya qilish va organ-spetsifik davolash asoratlarni kamaytirishning asosiy tamoyillari sifatida asoslandi. (1,9,11,12,13)

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务