遇见数据集

PUL-KREDIT SIYOSATI INSTRUMENTLARINING BANK TIZIMI BARQARORLIGIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada pul-kredit siyosati instrumentlarining bank tizimi barqarorligiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan asosiy instrumentlar — qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralar me’yori, ochiq bozor operatsiyalari hamda makroprudensial choralar orqali bank tizimining likvidligi, kapitallashuv darajasi va risklarga bardoshliligi qanday shakllanishi ochib beriladi. Shuningdek, pul-kredit siyosati uzatish mexanizmlarining banklar faoliyatiga ta’siri hamda ularning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni baholanadi. Tadqiqot davomida bank tizimi barqarorligiga tahdid soluvchi omillar aniqlanib, pul-kredit instrumentlarining ushbu xavflarni yumshatishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Maqola xulosalarida pul-kredit siyosatini olib borishda narxlar barqarorligi bilan bir qatorda bank tizimi barqarorligini ta’minlash muhim strategik vazifa ekanligi asoslab beriladi. Olingan natijalar moliya-bank tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务