Kesarcha kesish operatsiyasida bachadonga chok quyish: usullarni qiyosiy tahlil qilish va chandiq sifatigа ta'siri
收藏资源简介:
Maqolada kesarcha kesish operatsiyasida bachadonning pastki segmentini tikish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar mahalliy va xorijiy adabiyotlar ma’lumotlari asosida sharhlanadi. Bachadondagi kesmani yopishning asosiy texnik elementlari qiyosiy tahlil qilindi: bir qatorli va ikki qatorli tikish, uzluksiz va tugunli choklar, “locked/unlocked” variantlari, endometriyni chokga qo‘shish yoki qo‘shmaslik yondashuvlari, shuningdek tikuv materiali tanlovi. Ko‘rsatilgan parametrlarning chandiqning shakllanishi va barqarorligiga ta’siri, jumladan sonografik markerlar (miometriyning qoldiq qalinligi, chandiq nishasi belgilari) hamda ularning uzoq muddatli klinik ko‘rinishlar bilan ehtimoliy bog‘liqligi tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijalarining ziddiyatliligi sabablari, metodologik cheklovlar va bitish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan amaliy omillar alohida muhokama qilinadi. Keltirilgan ma’lumotlar chandiqni baholashni standartlashtirish va klinik kontekst hamda keyingi reproduktiv boshqaruv maqsadlarini inobatga olgan holda tikish usulini oqilona tanlash zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: kesarcha kesish operatsiyasi, bachadonni tikish, bachadonning pastki segmenti, chok texnikasi, bir qatorli tikish, ikki qatorli tikish, chandiq nishasi (istmotsеле), miometriyning qoldiq qalinligi, chandiq sifati, adabiyotlar sharhi.



