遇见数据集

PEDAGOGIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA O'QUVCHILARNING MUSTAQIL O'QUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-02-06 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy ishda pedagogik modellashtirish asosida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida pedagogik modellashtirishning nazariy asoslari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishda muammoli ta’lim, refleksiv yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik modellashtirishga asoslangan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务