OʻZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA OʻRGATISHNING SAMARALI USULLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola o'zbek tilini xorijiy til sifatida o'rgatishning samarali usullarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Hozirgi kunda o'zbek tiliga bo'lgan qiziqishning ortib borishi, O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi va chet ellik talabalar sonining ko'payishi ushbu tilni o'qitish metodikasini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Tadqiqot davomida kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, o'yin texnologiyalari va audiovizual vositalarning chet ellik o'rganuvchilarning tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish ko'nikmalarini shakllantirishdagi o'rni o'rganildi. Shuningdek, maqolada o'zbek tiliga xos bo'lgan fonetik, leksik va grammatik qiyinchiliklar, masalan, affikslarning ko'pligi, unlilar garmoniyasi va fe'l shakllarini o'rgatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Maqola natijalari o'zbek tilini chet elliklarga o'rgatuvchi o'qituvchilar va darslik mualliflari uchun amaliy ahamiyatga ega.



