遇见数据集

BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING UZAYISHI VA FIKSATSIYA BUZILISHIDA MIKROSIRKULYATOR BUZILISHLARNING PATOGENETIK ROLI

收藏
Zenodo2026-02-24 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bolalarda yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishi bilan kechuvchi holatlarda ichak devorida yuzaga keladigan mikrosirkulyator buzilishlar kasallik patogenezida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi [4–6]. Amaliyotda ushbu patologiya ko‘pincha ich qotishi, qorin og‘rig‘i, meteorizm va ichak faoliyatining barqaror buzilishi bilan namoyon bo‘ladi [3,9]. Klinik belgilar ko‘p hollarda funksional ichak kasalliklari sifatida baholanib, ichak devorida kechayotgan tomir va trofik o‘zgarishlarga yetarlicha e’tibor berilmaydi [3,7]. Ichak devorining qon bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida to‘qimalarda gipoksiya, metabolik disbalans va degenerativ jarayonlar rivojlanadi [5,9]. Bu esa mushak va shilliq qavat funksiyasining izdan chiqishiga, ichak motorikasining pasayishiga hamda konservativ davolash samaradorligining kamayishiga olib keladi [2,10]. Shu sababli yo‘g‘on ichakning uzayishi va fiksatsiya buzilishida mikrosirkulyator buzilishlarning patogenetik rolini chuqur tahlil qilish dolzarb hisoblanadi [4,6].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务