UCHISH APPARATLARINING BALANDLIK-TEZLIK KO'RSATKICHLARINI O'LCHASH BORT TIZIMLARINI MODERNIZATSIYA QILISHNING ILMIY-TEXNIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada uchish apparatlarida o‘rnatilgan eskirgan manometrik differensial datchik (MDD) tizimlarini zamonaviy haqiqiy tezlik datchigi (DSI — Datchik skorosti istinnoy) va samolyot balandlik datchigi (DVS — Datchik visoti samoleta) tizimlari bilan almashtirishning ilmiy-texnik asoslari bayon etilgan. Tadqiqotda piezorezistiv texnologiya, Xalqaro standart atmosfera (ISA) modeli va Bernulli tenglamasini qo‘llash prinsiplari ko‘rib chiqilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlash aniqligini oshirish maqsadida Kalman filtri algoritmi integratsiya qilingan, shuningdek, joriy etishning texnik-iqtisodiy asoslanishi kompleks tahlil qilingan. Tajriba natijalari va hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, DSI/DVS tizimlari an’anaviy MDDga nisbatan aniqlik bo‘yicha 3 barobar, ishonchlilik bo‘yicha 10 barobar oshishini hamda butun ekspluatatsiya diapazonida sezilarli darajada yuqori harorat barqarorligini ta’minlaydi.



