TRANSPORT XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada transport xizmatlari sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Transport xizmati sifati iste’molchiga yetkaziladigan yakuniy natija bilan bir qatorda qatnov muntazamligi, xavfsizlik, ishonchlilik, qulaylik, axborot ochiqligi, vaqt sarfi va iqtisodiy maqbullik kabi mezonlar majmui sifatida talqin qilinadi. Samarqand viloyatida 2021–2025-yillarda transport xizmatlari hajmi, yuk va yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi asosida xizmatlar bozorining kengayishi baholanib, miqdoriy o‘sishni sifat ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish zarurati asoslangan. Tadqiqot natijasida sifat monitoringi, iqtisodiy rag‘batlantirish, raqamli boshqaruv, servis standartlari va iste’molchi qayta aloqasini yagona boshqaruv sikliga birlashtiruvchi takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Transport xizmatlari sifatining integral indeksini shakllantirish va operatorlar faoliyatini KPI asosida baholash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



