NURALI QOBUL HIKOYALARIDA TABIAT TASVIRI VA U BILAN HAMNAFASLIK G'OYALARI
收藏资源简介:
Maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yorqin vakillaridan biri Nurali Qobulning “Qaytish” va “Hayot hukmi” hikoyalari asosida yozuvchining tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni badiiy talqin etish mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarlarning kompozitsion qurilishi, epigraf va peyzajning mazmuniy vazifasi, shuningdek, muallifning til va uslub xususiyatlari ilmiy va badiiy tahlil asosida yoritiladi. Yozuvchining hikoyalarida tabiat obrazlari faqat badiiy fon emas, balki inson ruhiyatining ajralmas qismi, uning ichki kechinmalari va hayot falsafasini ifodalovchi ramziy qatlam sifatida namoyon bo‘ladi. Muallif tabiat manzaralarini ruhiy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchini hayot, borliq va insonning o‘z-o‘zini anglash masalalari haqida mushohada yuritishga chorlaydi.



