遇见数据集

AYOL SPORTCHILARNING XALQARO SPORT SHARTNOMALARIDAGI HUQUQIY MAQOMI: KOLLIZION-HUQUQIY MASALALAR

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ayol sportchilarning xalqaro sport shartnomalaridagi huquqiy maqomi va ushbu munosabatlarda yuzaga keladigan kollizion-huquqiy masalalar tadqiq etiladi. Xalqaro sport munosabatlarining transmilliy xususiyati sportchi, sport klubi, agent, federatsiya va boshqa subyektlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta davlat huquqi bilan bog‘liq masalalarni keltirib chiqaradi. Maqolada shartnomaga qo‘llaniladigan huquqni aniqlash, taraflarning huquq va majburiyatlari, majburiy imperativ normalarning qo‘llanishi, nizolarni ko‘rib chiqish yurisdiksiyasi hamda sport arbitrajining o‘rni tahlil qilinadi. Ayol sportchilarning homiladorlik, onalik, oilaviy majburiyatlar va teng munosabat bilan bog‘liq kafolatlarini xalqaro sport shartnomalarining kollizion mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务