O'ZBEKISTONDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari, hozirgi holati va davlat siyosati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida quyosh, shamol, gidroenergetika manbalarining mamlakat hududi bo‘yicha taqsimlanishi va potentsiali baholangan, shuningdek 2024–2025 yillardagi yirik loyihalar va ularning iqtisodiy hamda ekologik samaralari ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy resurslar, davlat siyosati va xalqaro investitsiyalar uyg‘unligi tufayli 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan manbalar ulushini 40–54 foizgacha yetkazish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, energiya saqlash tizimlari, tarmoqni modernizatsiyalash va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida tizimli sa’y-harakatlar zarurligi asoslangan.



