遇见数据集

SUT TISHLARINI ASRASH STRATEGIYALARI VA BOLALARDA TISH GIGIYENASI

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu annotatsiyada bolalarda sut tishlarini asrash strategiyalari va ogʻiz gigiyenasi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar yoritib beriladi. Sut tishlari bolaning toʻgʻri chaynashi, nutqi, estetik koʻrinishi va doimiy tishlarning rivojlanishi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Shu sababli ularni toʻgʻri parvarish qilish va gigiyena ko‘nikmalarini erta yoshdan shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Sut tishlarini asrashning asosiy strategiyalari qatorida muntazam ravishda kuniga ikki mahal tish yuvish, florli tish pastasidan me’yorida foydalanish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibini shakllantirish hamda shirinliklarni cheklash muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bolalarni erta yoshdan stomatolog ko‘rigiga olib borish, karyesning ilk belgilari paydo bo‘lishidan oldin profilaktik choralarni ko‘rishga yordam beradi. Og‘iz gigiyenasini shakllantirishda ota-onaning shaxsiy namunasi, muntazam nazorati va tarbiyaviy yondashuvi katta ahamiyatga ega. Ushbu strategiyalarni samarali qo‘llash orqali sut tishlarining sog‘lom saqlanishi, kelajakdagi doimiy tishlar rivojlanishining mustahkamligi ta’minlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务