OʻZBEKISTONDA TIL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN TA'LIM ISLOHOTLARI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA ISTIQBOLLAR
收藏资源简介:
Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish hamda til kompetensiyalarini rivojlantirish davlat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Jahon hamjamiyatida iqtisodiy, siyosiy va ilmiy integratsiyaning kuchayishi xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini mukammal egallash zaruratini yanada oshirmoqda. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda yosh avlodning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda olib borilayotgan ta’lim siyosati nafaqat davlat tilining mavqeini mustahkamlash, balki xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida ko‘p tillilik kompetensiyasi zamonaviy mutaxassisning asosiy ko‘nikmalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shu sababli, ta’lim tizimida o‘zbek va ingliz tillarini samarali o‘qitish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.



