KASBIY VA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARGA MILLIY, MENTAL VA ETNOMADANIY OMILLAR TA'SIRI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanishiga milliy, mental hamda etnomadaniy omillarning ta’siri sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida mutaxassisning kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarini takomillashtirish jarayoni nafaqat ta’lim tizimi va mehnat bozorining talablari, balki milliy qadriyatlar, mental xususiyatlar va etnik madaniyatning barqaror omillari bilan ham chambarchas bog‘liq ekanligi ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada ijtimoiy identifikatsiya, milliy o‘zlikni anglash, etnomadaniy merosning uzluksizligi hamda jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy moslashuv jarayonlari kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi asosiy determinator sifatida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, zamonaviy sotsiologik nazariyalar va empirik tadqiqotlar asosida milliy-mental omillar bilan kompetensiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.



