Muammoli ta'lim texnologiyasi asosida talabalarning tanqidiy fikrlashga o'rgatish yo'llari
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur maqolada muammoli ta'lim texnologiyasining talabalarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda muammoli ta'limning didaktik asoslari, tanqidiy fikrlashning mazmuni va tarkibiy komponentlari, ularning o'zaro bog'liqligi hamda oliy ta'lim jarayonida qo'llashning samarali mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, muammoli vaziyatlarni yaratish, ilmiy munozaralarni tashkil etish, refleksiv faoliyatni rivojlantirish va interfaol metodlardan foydalanish orqali talabalarning analitik tafakkuri, mustaqil fikrlashi, argumentatsiya madaniyati hamda muammolarni ilmiy asosda hal etish kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, muammoli ta'lim texnologiyasi talabalarning bilish faolligini oshirish, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, kasbiy kompetentligini takomillashtirish hamda ta'lim sifatini yuksaltirishning samarali pedagogik vositasi ekanligi aniqlandi. Maqolada oliy ta'lim amaliyotida muammoli ta'lim texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.



