遇见数据集

YO'L-TRANSPORT HODISALARINI BASHORAT QILISH MODELINI ISHLAB CHIQISH (TOSHKENT SHAHRIDAGI YO'NALISHLI AVTOBUSLAR MISOLIDA)

收藏
Zenodo2026-07-19 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Toshkent shahridagi yo‘nalishli avtobuslarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari (YTH) sonini bashorat qilish modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda vaqtli qatorlar usuli va eng kichik kvadratlar usulidan foydalanilib, YTHlar dinamikasi matematik modellashtirildi. Tadqiqot uchun Toshkent shahrida yo‘nalishli avtobuslarda so‘nggi 5 yil davomida sodir bo‘lgan YTHlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilindi. Natijalar asosida kelgusi 10 yil davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan YTHlar sonini prognozlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, haydovchilarning yosh ko‘rsatkichi va ish tajribasining YTHlar yuzaga kelishiga ta’siri o‘rganildi. Tahlillar natijasida ish tajribasi 5 yilgacha bo‘lgan hamda 30–40 yosh oralig‘idagi haydovchilar tomonidan eng ko‘p YTH sodir etilishi aniqlangan. Ishlab chiqilgan modelning ishonchlilik darajasi statistik mezonlar asosida baholanib, modelning amaliy qo‘llash uchun mosligi asoslandi. Tadqiqot natijalari yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, profilaktik choralarni ishlab chiqish va transport tizimini samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务