遇见数据集

SANOAT ENERGETIKASI VA INFRATUZILMA OBYEKTLARIDA KASBIY XAVF-XATARLARNI PROGNOZLASH HAMDA MEHNAT MUHOFAZASINI RAQAMLI MONITORING QILISH TIZIMLARI SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu kengaytirilgan ilmiy tadqiqotda sanoat energetikasi va yirik ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligini raqamlashtirish, IoT (Buyumlar interneti) datchiklari, neyron tarmoqli videoanalitika hamda biometrik monitoring yordamida proaktiv boshqarish masalalari kompleks tahlil qilingan. An'anaviy "reaktiv" (voqea sodir bo'lgandan so'ng munosabat bildirish) yondashuvning texnik va tashkiliy kamchiliklari ochib berilib, kasbiy xavf-xatarlarni integral matematik modellashtirish hamda real vaqt rejimida xodimlarning holatini kuzatish modeli ishlab chiqildi. Modellashtirishda modifikatsiyalangan Fine-Kinney usuli va datchiklar javob berish ko'rsatkichlari uyg'unlashtirildi. Ishlab chiqarish sharoitida o'tkazilgan 12 oylik tajriba-sinov natijalari shuni ko'rsatdiki, taklif etilgan raqamli platforma xavfli vaziyatlarni aniqlash vaqtini 1000 barobardan ortiqroqqa tezlashtiradi, shaxsiy himoya vositalari (ShHV) taqilishini 99.4% doimiy qamrovga yetkazadi hamda sanoat traumatizmi va kasbiy kasallikka chalinish ko'rsatkichlarini 85–88% ga qisqartiradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务